Uchastka stansiyasida ishlatiladigan manyovr lokomotivlari soniga bog‘liq ravishda qayta ishlanadigan vagonlarning turish vaqtini hisoblash usuli
Аннотация
Temir yo‘llarda vagon oqimlarini tashkil etish yo‘riqnomasida har bir poyezd tuzish yo‘nalishi kesimida vagonlarning belgilangan meyor bo‘yicha yig‘ilishiga sarflanadigan vagon-soatlarni to‘planish parametri asosida hisoblash tavsiya etilgan va uning aniq qiymatlari sutkalik ish reja-grafini tuzish orqali aniqlanishi belgilangan. Ushbu maqolada temir yo‘l uchastka stansiyasida ishlatiladigan manyovr lokomotivlari soniga bog‘liq ravishda tranzit qayta ishlanadigan vagonlarning turish vaqtini hisoblash usuli takomillashtirilgan. Natijada, qayta ishlanadigan vagonlarning turish vaqtini analitik usulga nisbatan 2 barobar aniq (nisbiy xatolik 3,5 %) hisoblash imkoniyati yaratilgan hamda analitik va grafoanalitik usullar orqasidagi nisbiy xatolik 7,0 %ni tashkil etishi ko‘rsatilgan.