Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

YOG‘-MOY SANOATI CHIQINDILARINING FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI VA ULAR ASOSIDA SIRT FAOL MODDALAR ISHLAB CHIQISH

Nodirbek Sobirovich QobilovO‘zbekiston kimyo farmatsevtika ilmiy tadqiqot institutiAbror Ikromo‘g‘li Tog‘ayevKarshi State Technical UniversityJasurbek To‘lqino‘g‘li OlimovO‘zbekiston kimyo farmatsevtika ilmiy tadqiqot institutiShuxrat Jamabayevich ErgashevO‘zbekiston kimyo farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti
ABI

Аннотация

Maqolada yog‘-moy sanoatida hosil bo‘ladigan chiqindilar va ikkilamchi mahsulotlarning fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘rganilgan. Ularning tarkibi, qayta ishlash imkoniyatlari hamda ular asosida sirt faol moddalar (SFM) olish usullari tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida gossipol smolasi va soapstok asosida olingan sirt faol moddalarning konsentratsiyasi va turiga bog‘liq xususiyatlari aniqlangan. Sirt faol moddalarning samaradorligi ularning konsentratsiyasi va boshqa moddalar bilan o‘zaro ta’siriga bog‘liqligi ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, konsentratsiya ortishi bilan sirt faollikning pasayishi kuzatilgan bo‘lib, bu holat moddaning yuzadagi taqsimlanishi va kimyoviy xususiyatlari bilan izohlanadi. Sirt faol moddalar turli polimer va kimyoviy tizimlarda materiallarni modifikatsiyalash hamda texnologik jarayonlarni samarali optimallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chiqindilarni ratsional qayta ishlash ekologik muammolarni kamaytirish bilan bir qatorda, import o‘rnini bosuvchi mahalliy sirt faol moddalar ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi.

Ҳали таржима қилинмаган

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар