KO'P VAZNLI BOG'LANGAN RADIAL BAZISLI NEYRON TO'RI MODELI VA UNING TADBIQI
Аннотация
So'nggi yillardagi kognitiv neyrobiologiya tadqiqotlari biologik neyronlar o'zaro bir nechta neyrotransmitter kanallari orqali ta'sirlashishini aniqladi: bir neyron bir vaqtning o'zida turli neyrotransmitterlarni ajratib, ularning har biri o'ziga xos funksiyani bajaradi. Mazkur yondashuvga asoslanib, maqolada radial bazisli neyron to'ri modelining yangi turi taklif etilgan. Modelda ikki neyron orasidagi bog'lanish yagona qiymat bilan emas, qiymatlar to'plami, ya'ni ko'p vaznli bog'lanishlar bilan ifodalanadi; har bir aloqa muayyan neyrotransmitter turini modellashtiradi. Bunday tuzilma modelni haqiqiy biologik neyron tizimlariga yanada yaqinlashtiradi. Machine Learning Repository ma'lumotlar to'plamlarida o'tkazilgan hisoblash eksperimentlari ko'p vaznli bog'lanishlarga ega radial bazisli neyron to'ri an'anaviy neyron to'rlariga nisbatan samaradorlikni oshirishini ko'rsatdi.