Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

ISHCHILARNING KUNLIK OVQATLANISH RATSIONI TARKIBINI MAVSUMIY GIGIYENIK BAHOLASH

ABI

Аннотация

Annotatsiya. Ushbu tadqiqot ishchi aholining kunlik ovqatlanish ratsioni tarkibini gigiyenik jihatdan baholashga bag‘ishlangan bo‘lib, unda asosiy oziq moddalari – oqsillar, yog‘lar, uglevodlar hamda ratsionning umumiy energetik qiymati yil fasllari kesimida tahlil qilindi. Ma’lumki, inson organizmining energiya va oziq moddalarga bo‘lgan ehtiyoji bajarilayotgan mehnat turiga, yoshga, jinsga hamda iqlim sharoitlariga bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Shu sababli ishchilarning ovqatlanish ratsionini mavsumiy jihatdan o‘rganish ularning sog‘lig‘ini saqlash va mehnat unumdorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot davomida erkaklar va ayollarning kunlik ovqatlanish ratsionida mavjud bo‘lgan asosiy oziq moddalari miqdori gigiyenik me’yorlar bilan solishtirildi hamda ularning mavsumiy o‘zgarishlari aniqlab berildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, ratsion tarkibidagi oziq moddalari miqdori yil fasllariga qarab ma’lum darajada o‘zgarib turadi. Ayrim mavsumlarda yog‘lar va uglevodlar iste’moli fiziologik me’yorlarga nisbatan yuqori bo‘lishi kuzatilgan bo‘lsa, oqsillar miqdori ayrim davrlarda yetarli darajada emasligi aniqlangan. Bu holat ratsionning muvozanatli tuzilmaganligini va oziq moddalari nisbatining optimal darajada emasligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ratsionning umumiy energetik qiymati ham jins va mavsumga qarab farqlanishi aniqlandi. Jumladan, erkaklar ratsionida energiya qiymati ko‘pincha gigiyenik me’yorlardan yuqori bo‘lishi kuzatilgan bo‘lsa, ayollarda ayrim fasllarda bu ko‘rsatkich me’yorlardan past bo‘lishi qayd etildi. Energiya va oziq moddalari o‘rtasidagi bunday nomutanosiblik uzoq muddat davom etsa, organizmning funksional holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ortiqcha vazn yoki aksincha, oziq moddalari yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба