LIMON VA LAYM MEVA PO‘STLOQLARI ASOSIDAGI OZIQ-OVQAT QO‘SHILMASINING ANTIOKSIDANT FAOLLIGI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada bozor rastalarida keng o‘rin olgan ayrim sitrus mevalari po‘stloqlarining turli nisbatdagi aralashmalarining antioksidantlik faolliklari tadqiq etilgan. Olingan natijalar mahalliy limon va Eron laymi meva po‘stloqlari asosida tayyorlangan 1:3 nisbatlardagi kompozitsiyalarning antioksidantlik faolligi shu meva po`stloqlarining boshqa nisbatlardagi aralashmalariga qaraganda yuqori ekanligi aniqlandi. Mazkur kompozitsion aralashmalarni organizmda turli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi oksidlanish stressiga qarshi yangi shifobaxsh antiaksidant oziq-ovqat qoshilmasi sifatida foydalanishga tavsiya etilib, mos holda ularni “Asfalaym” deb shartli nomlandi.