ATSETALDEGID HOSIL BO‘LISH UNUMIGA IKKI KOMPONENTLI KATALIZATORLAR TA’SIRI
Litsenziya: cc-by-nc-sa
Annotatsiya
Atsetilen gidratlanishi asosida atsetaldegid va atsetonni birgalikda sintez qilish uchun yangi ikki komponentli katalizatorlar tayyorlandi va o‘rganildi. Atsetaldegid sintezida ishlatilgan chiqindi KKF katalizatori analiz qilinib tarkibi aniqlandi. Olingan analiz natijalari asosida KKF katalizator tarkibidan faol modda hisoblangan kadmiy oksidi ajratib olindi va turli xil yangi markali katalizatorlar tayyorlandi (KKM-1, KKM -2, KKM -3, KKM -4, KKM -5, KKM -6). Katalizator o‘zagi sifatida kaolinning turli markalaridan foydalanildi. Ushbu katalizatorlar qo‘llanib ko‘rilganda, atsetaldiged hamda atseton moddasi sintezi jarayonida yuqori unumni KKM - 4 markali katalizatori berganligi aniqlandi.