Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

DALACHOY (Hypericum perforatum L.) VA MOYCHECHAK (Matricaria chamomilla L.) KOMPOZITSION ARALASHMALARINING ANTIRADIKALLIK FAOLLIGINI BAHOLASH

2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda dalachoy (Hypericum perforatum L.) va moychechak (Matricaria chamomilla L.) o‘simliklari aralashmalarining (1:1, 3:1, 1:3) spirtli va suvli ekstraktlarining antiradikallik faolligi DPPH• (2,2-difenil-1-pikrilgidrazil) usuli yordamida baholandi. Ekstraksiya 96 % etanolda va distillangan suvda ultratovushli vannada 20 daqiqa davomida amalga oshirildi. Antiradikallik faollik (ARF, %) 517 nm da spektrofotometrik usulda aniqlanib, IC₅₀ qiymatlari grafik usulda hisoblandi. Eng yuqori faollik 3:1 nisbatdagi aralashmaning suvli ekstraktida kuzatildi (IC₅₀ = 12,08 mkl). Natijalar o‘simliklar kompozitsiyasida sinergetik effekt mavjudligini ko‘rsatdi. Olingan ma’lumotlar dorivor o‘simliklar asosida funksional choylar va fitopreparatlar yaratishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar