MASOFAVIY TAʼLIMDA «TALABA – SUNʼIY INTELLEKT – PEDAGOG» UCHLIGIDA PEDAGOGIK FUNKSIYALARNI DIFFERENSIAL TAQSIMLASHNING TASHKILIY-METODIK MODELI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Tezisda masofaviy taʼlim sharoitida «Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar» fanini oʻqitishda talaba, sunʼiy intellekt (SI) va pedagog oʻrtasida adaptiv metodik koʻmak, tezkor teskari aloqa hamda pedagogik nazorat funksiyalarini differensial taqsimlashga asoslangan tashkiliy-metodik model bayon etilgan. Modelning besh bosqichli tashkiliy-metodik sikli, subyektlar oʻrtasidagi funksiyalar matritsasi va 2023–2026-yillarda toʻrtta oliy taʼlim muassasasida 140 nafar talaba ishtirokida oʻtkazilgan tajriba-sinov natijalari keltirilgan. Tajriba guruhida oʻrtacha oʻzlashtirish 81,0 %, nazorat guruhida 68,1 % ni tashkil etib, farq Styudent t-mezoni boʻyicha statistik ahamiyatli (t = 3,14 > t₀,₀₅ = 1,98).