KONFLIKTLI VAZIYATLARDA NIZOLASHUVCHAN SHAXS TOIFALARI
Annotatsiya
Hozirgi zamon ilm-fani bashariyat tarixining qaysi bir davriga murojaat qilmasin, ularning barchasida konfliktlarning mavjud ekanligiga duch keladi. Aniqroq, qilib aytganda, konflikt jamiyat rivojining doimiy hamrohi bo‘lganligiga amin bo‘lamiz. Konfliktlarning jamiyat hayotidagi o‘rni qadimdan e’tiborga molik bo‘lib kelgan. Ha, insoniyat konfliktlar bilan “bilag‘on odam”lar yashagan davrdan buyon xamnafasdir. Shuning uchun bo‘lsa kerak ilmiy doiralarga konflikt haqidagi ilk qarashlar afsonalar orqali kirib kelgan. Konflikt bu demak “nizo” , “to’qnashuv”, “kelishmovchilik”, “ziddiyat” kabi tushunchalar bilan ham ta’riflasak bo’ladi. Konfliktlar turli xil yo’nalishlarda bo’lishi mumkin. Konfliktlar ikki yoki bir nechta shaxslar o’rtasida yoki jamoalar o’rtasida bo’lishi mumkin. Nizolarni kelib chiqishida har bir nizolashuvchan shaxslarning individual-psixologik <br> xususiyatlariga ham bo’g’liq.