Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBasetez oradaEkotizim uchun ochiq API
Lotin
Oʻzbek
Maqola

NOMA JANRIGA MANSUB DOSTONLARNING VAZN XUSUSIYATLARI

Shahnoza Muhitdinovna RakhmonovaAlisher Navo’i Tashkent State University of the Uzbek Language and Literature
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada noma janrining kelib chiqishi, genezisi, tadrijiy takomilii, turkiy va forsiy adabiyotlardagi rivojlanish tamoyillari tadqiq etilgan. Maqolada nomaning dastlabki ko‘rinishlari Markaziy Osiyo tarixida hali yozuv paydo bo‘lmasdanoq buyumlar vositasida ifodalanganligi ta’kidlanadi. Bunday ko‘rinishdagi maktublarning ildizi xalq og‘zaki ijodi bilan bog‘liq ekanligiga e’tibor qaratiladi. Bu o‘rinda “Alpomish” dostonidagi Oybarchinning Hakimbek ya’ni Alpomishga yozgan maktubi keltirib o‘tiladi. Bevosita yozma adabiyotda noma janri Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida, Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig” dostonida ham mavjudligiga to‘xtalib o‘tiladi hamda hozirgi shakldagi noma, ya’ni doston — epik poeziya tarkibidagi nomaning dastlabki ko‘rinishlari fors adabiyotida Faxriddin Gurgoniy ijodida uchrashi, o‘zbek adabiyotida ushbu an’ana Xorazmiyning “Muhabbatnoma”sidan boshlanganligi bilan bog‘liq fikrlar o‘rtaga tashlanadi. Maqolada Xo‘jandiyning “Latofatnoma”, Sayid Ahmadning “Taashshuqnoma”, Yusuf Amiriyning “Dahnoma”, Qosimiyning ikki dostoni “Haqiqatnoma” va “Ilohiynoma” asarlari hamda Miriy “Gulnoma”sining noma yo‘nalishidagi dostonlar sifatidagi adfabiy qimmati ham o‘rganilgan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba
Koʻrsatkichlar — AkademScholar · Tez orada