TURISTIK MAHSULOTLAR VA XIZMATLARNI DIVERSIFIKATSIYALASHNI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Turizm faoliyatidagi jiddiy xavflarni minimallashtirish yoki oldini olish uchun diversifikatsiya qilish zarur. Ushbu ilmiy maqolaning maqsadi tashqi muhitdagi noaniqlik sharoitida, ichki turistik turoperatorlar faoliyatini diversifikatsiya qilish strategiyasini aniqlashdan iborat. Ishning uslubiy asosini yangilash, tizim tahlili, tasniflash, statistik tahlildan foydalangan holda ekologik noaniqlik davrida diversifikatsiya va uning turoperatorlarga ta'sirini baholash tashkil etildi. Maqolada "diversifikaеsiya" tushunchasi koʻrib chiqiladi, uning asosiy turlari va faoliyat sohalari boʻyicha turizm operatorlarining tasnifi koʻrsatilgan. Pandemiya davridan keyin Oʻzbekiston turizm sanoatini rivojlanishi va asosan 2022-yilgi kirish turizmi taрlili keltirilgan. Shuningdekб 2020-yilgi statistik ma'lumotlarga asoslanib, Oʻzbekiston fuqarolari hatto COVID-19 pandemiyasi davrida ham ichki turizmga qiziqish bildirishgan degan xulosaga kelindi. Turoperatorlar va sayyohlik firmalariga turizm xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni saqlab qolish va rivojlanish imkonini beruvchi diversifikatsiyaning asosiy usullari keltirilgan. Amaliy ahamiyati tashqi muhitdagi noaniqlik sharoitida diversifikatsiya strategiyasini aniqlashda, Oʻzbekiston va xorijiy turoperatorlarni diversifikatsiya qilish xususiyatlarini, jahon amaliyotida turizm mahsulotini diversifikatsiya qilish usullarini aniqlash yotadi.