Konfutsiychilik axloqiy negizlarida olamiy tartibot
Annotatsiya
Uzoq Sharq madaniy an’analari G‘arbiy Yevropa falsafasining muammoli sohasi va mantiqiy-diskursiv kontseptuallikdarajasidan past bo‘lmagan holda o‘z falsafasini shakllantirib kelmoqda. Uzoq Sharq an’analarining eng muhimtarkibiy qismlaridan biri bu falsafiy tafakkuridir. Shunday falsafiy tafakkur ta’limotlaridan biri konfutsiychilik bo‘lib, aynanuning Janubiy Koreyada yoyilishi va mamlakat bilan bog‘liq holda ijtimoiy va siyosiy hayotga ta’sirlanishini ko‘rishimizmumkin. Bugungi zamonaviy iqtisodiy rivojlanish tendinsiyalarida Janubiy Koreyada sivilizatsion ko‘tarilishda aynan konfutsiylikningo‘rni nihoyatda ulkan. Bugungi zamonaviy Janubiy Koreyadagi konfutsiylikni bilish uchun albatta, qadimgiXitoy madaniy dunyosi va u bilan bog‘liq holda, konfutsiychilikning qadimgi o‘zagi hisoblanmish tarixiy ildizlaridan boshlabo‘zlashtirish, o‘rganish ahamiyatini nihoyatda yuqori hisoblanadi. Janubiy Koreyadagi konfutsiychilikning ilg‘or falsafiy,axloqiy, ilmiy va ijtimoiy g‘oyalaridan hozirgi vaqtda ham bahramand bo‘la olishimiz, mavzuning dolzarbligiga asos bo‘laoladi.