Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBasetez oradaEkotizim uchun ochiq API
Lotin
Oʻzbek
Maqola

KO‘Z OLMASINING KONTUZION JAROHATLARIDA OPTIK KOGERENT TOMOGRAFIYA TEKSHIRUV USULINING TASHHISOT IMKONIYATLARINI BAHOLASH

Advanced Ophthalmologyjournal2024uz
ABI

Annotatsiya

Dolzarbligi. Optik kogerent tomografiya (OKT) oftalmologiyadagi zamonaviy diagnostika usuli bo‘lib, ko‘z olmasining kontuzion jarohatlari diagnostikasida ko‘ruv nerv diski va to‘r pardaning peripapillyar nerv tolalari qatlami qalinligining (TPPNTQQ) holatini obyektiv baholash uchun keng qo‘llanilmoqda. Tadqiqot maqsadi. Ko‘z olmasi kontuzion jarohati va kontuziya natijasida kelib chiqqan travmatik optik neyropatiya (TON) bilan og‘rigan bemorlarda OKTning diagnostik ko‘rsatkichlarini aniqlashdir. Materiallar va usullar. Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi shoshilinch travmatologiya va neyroxirurgiya bo‘limlarida 30 nafar bemor (20 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan 20 nafar erkak va 10 nafar ayol bemor) jarohatdan keyingi dastlabki davrda o‘rganildi. Nazorat guruhi bir xil jins va yoshdagi 30 nafar sog‘lom odamdan iborat edi. Natijalar va xulosa. OKT tadqiqoti natijasida ko‘z olmasi kontuzion jarohati bilan og‘rigan bemorlarda nazorat guruhiga nisbatan makula hajmi, ko‘ruv nervi diski (KND) o‘lchami va peripapillyar TPPNTQ qalinligi sezilarli darajada oshgani aniqlandi. Tadqiqotimiz shuni ko‘rsatdiki, OKT ko‘z olmasi kontuzion jarohati paytida retinal va ko‘ruv nerv shikastlanishini ob’ektiv baholash va tashxislash uchun ishlatilishi mumkin.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

Koʻrsatkichlar — AkademScholar · Tez orada