Temir yo‘l uchastkalaridagi vagonlarni grafik vaqtlariga biriktirishning matematik modelini ishlab chiqish
Annotatsiya
Mazkur maqolada temir yo‘l uchastkalaridagi vagonlarni grafik vaqtlariga biriktirishning matematik modelini ishlab chiqish va ularni stansiyalarda turib qolish vaqtlarini minimallashtirishga doir tajribalar tahlili olib borilgan. Shuningdek, belgilangan stansiyagacha qo‘shib yuboriladigan vagonlar guruhining ma’lum qismining yurish yo‘li variantlari sonini Gaussning “Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini yechish” usuli yordamida aniqlash ishlari amalga oshirilgan. Vagonlar guruhini yo‘l-yo‘lakay poyezdlarga qo‘shib yuborish va temir yo‘l uchastkasidagi ortish-tushirish stansiyalaridan ularni olib chiqish bo‘yicha optimallashtirish masalasining funksional imkoniyatlari matematik model yaratish asosida tadqiq etilgan