SOLIQ JAVOBGARLIGI VA UNING HUQUQIY ASOSLARI
Annotatsiya
Annotatsiya. Mazkur kurs ishida O‘zbekiston Respublikasida soliqjavobgarligi tushunchasi, uning huquqiy mohiyati hamda amaliy ahamiyatiatroflicha tahlil qilingan. Soliq tushumlari davlat byudjetining asosiy manbaihisoblanib, ularning o‘z vaqtida va to‘liq yig‘ilishi iqtisodiy barqarorliknita’minlashda muhim omil hisoblanadi. Tadqiqot davomida soliq javobgarliginingnazariy asoslari, turlari, huquqiy mexanizmlari va davlat hamda jamiyatmanfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni o‘rganildi. Xususan, O‘zbekistonRespublikasi Soliq kodeksi normalari va ularning amaliy qo‘llanilishi tahlil qilindi.Ishda soliq javobgarligining nafaqat jazolovchi, balki profilaktik va tartibga soluvchifunksiyalari ham yoritildi. Ma’muriy va jinoiy javobgarlik shakllari hamda ularningboshqa huquqiy javobgarlik turlaridan farqlari ko‘rib chiqildi. Amaliyotdauchrayotgan muammolar, jumladan soliq to‘lovchilarning huquqiy savodxonligiyetarli emasligi va nazorat mexanizmlaridagi ayrim kamchiliklar tahlil qilindi.Tadqiqot natijasida soliq javobgarligi institutini takomillashtirish bo‘yicha bir qatortakliflar ishlab chiqildi. Xulosa qilib aytganda, soliq javobgarligini mustahkamlashdavlat byudjeti barqarorligini ta’minlash, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish vajamiyatda adolatli iqtisodiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.Kalit so‘zlar: Soliq javobgarligi, soliq huquqi, soliq intizomi, ma’muriyjavobgarlik, jinoiy javobgarlik, davlat byudjeti, moliyaviy barqarorlik, soliqnazorati, huquqiy tartibga solish, O‘zbekiston Respublikasi.