Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

MOLIYALASHTIRISH MANBALARINI DIVERSIFIKATSIYA QILISH KICHIK BIZNES IQTISODIY XAVFSIZLIGINI MUSTAHKAMLASH OMILI SIFATIDA

Eldor Djaloliddinovich AbduxakimovToshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada kichik biznes subyektlarining iqtisodiy xavfsizligini moliyalashtirish manbalari tarkibi orqali baholash masalasi o'rganilgan. Tadqiqot 2010–2024-yillar oralig'idagi rasmiy statistik ma'lumotlar asosida amalga oshirilgan bo'lib, kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi hamda ularning moliyalashtirish manbalari tarkibi tahlil qilindi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, 14 yil davomida investitsiyalar hajmi 112 barobardan ortiq oshgan va ayniqsa 2018 yildan boshlab o'sish sur'atlari tezlashgan. Dastlabki yillarda investitsiyalar asosan korxonalarning o'z mablag'lari va bank kreditlari hisobiga moliyalashtirilgan bo'lsa, 2019-yildan boshlab chet el investitsiyalari yetakchi manbaga aylangan. 2024-yilga kelib investitsiyalarning 56,8 foizi tashqi investitsiyalar hissasiga to'g'ri kelgan. Tadqiqot natijalari moliyalashtirish manbalari diversifikatsiyasi investitsiya faolligini oshirishga xizmat qilganini ko'rsatadi, biroq tashqi kapitalga yuqori darajada qaramlik iqtisodiy xavfsizlik nuqtai nazaridan ma'lum risklarni yuzaga keltirishi mumkinligini ham asoslaydi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba