Bo‘lajak mutaxassislarda kasbiy e’tiqodni shakllantirish bosqichlari
Annotatsiya
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya sohasidagi strategik vazifalarning asosiy yo’nalishi mustaqil fikr yurita oladigan, jamiyat va shaxs manfaatlari uchun zarur bo’ladigan rivojlanish istiqbollarini aniq belgilaydigan mutaxassislar tayyorlash masalalariga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Bu esa pedagog kadrlar tayyorlash modernizatsiyalash va uning innovatsion pedagogik asoslarini ishlab chiqish, zaruratini yuzaga keltiradi. Oliy ta’lim muassasalarining eng muhim vazifalaridan biri – bu bo’lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirishdir. Kasbiy tayyorgarlik – zaruriy kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish asosida yuzaga keluvchi shaxs ijtimoiy kompetentligining o’ziga xos ko’rinishi sifatida izohlanadi. Kasbiy tayyorgarlik o’z-o’zidan yuzaga kelmay balki aniq maqsadlar asosida rejalashtirilgan muayyan bosqichlarni qamrab oladi. Shaxsda kasbiy tayyorgarlikning shakllanishi dastlab kasbga xos tasavvur, tushunchalarni tarkib topganligi bilan belgilansa, keyinchalik mutaxassislikka oid bilim, malaka va ko’nikmalarning o’zlashtirilishi, kasbiy sifatlarning qaror topishi hamda kasbiy moslashish darajasi bilan izohlanadi.
 Ushbu maqolada bo‘lajak mutaxassislarda kasbiy e’tiqodni shakllantirish zarurati, bosqichlari, uning asosiy mazmuni va bu jarayonda shaxs e’tiqodini tarkib toptirish muammosi haqida fikr bildirilgan.