Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Boshqa

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING MAKTAB MUHITIGA IJTIMOIY- PSIXOLOGIK MOSLASHUVIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR

Nazarova Noila Abror qiziSharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Boshlangʻich ta'lim yoʻnalishi 4-bosqich talabasiWordly Knowledge Publishing CentreWordly Knowledge Publishing Centre
Open MINDrepository2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur ilmiy maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarining maktab muhitiga ijtimoiy-psixologik moslashuviga ta'sir etuvchi omillar ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda yosh xususiyatlari, oilaviy muhit, o‘qituvchi shaxsining roli, sinf jamoasi, ta'lim jarayonining tashkil etilishi, maktab iqlimi va psixologik qo‘llab-quvvatlash omillari o‘rganildi. Ilmiy adabiyotlar va empirik tadqiqotlar tahliliga ko‘ra, maktabga ilk moslashuv davri 6–7 yosh oralig‘ida psixologik rivojlanishning muhim bosqichi hisoblanadi hamda ushbu davrda emotsional barqarorlik, ijtimoiy ko‘nikmalar va motivatsiya darajasi asosiy indikator sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, moslashuv jarayoniga ijobiy ta'sir etuvchi asosiy omillar – qo‘llab-quvvatlovchi oilaviy muhit, demokratik pedagogik uslub va ijobiy sinf iqlimidir .

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba