Skip to main content
AkademIndex

Products

For developers

AkademBasesoonOpen API for the ecosystem
Latin
English
Article

SOʻNGAK VA TOSHBULOQ YODGORLIKLARI ANTROPOLOGIK MATERIALLARIDA KARIYES PALEOPATOLOGIYASI

Niyoz RASHİDOVY. Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutiЭлисса Буллион“Ipak yoʻli” turizm va madiny meros xalqaro universitetiRaxmonali MurodaliyevHindu xalqlari xizmatlari masalalari boʻyicha qonunchilik komissiyasi, AQSHMichael FrachettiOʻzFA Milliy arxeologiya markaziFarhod MaqsudovSent-Luisdagi Vashington universiteti, AQSH
ABI

Abstract

Maqola, Oʻzbekistonning Soʻngak va Toshbuloq arxeologik yodgorliklaridan topilgan inson suyaklari asosida kariyes kasalligining tarqalishi va uning paleopatologik ahamiyatini oʻrganadi. Tadqiqot, tish kasalliklari orasida eng keng tarqalganini tashkil etadigan kariyesning arxeologik materiallar asosida tahlil qilinishi bilan bogʻliq.Soʻngak va Toshbuloq yodgorliklaridan olingan antropologik materiallar, Oʻzbekiston hududidagi boshqa arxeologik qazishmalar bilan solishtirilgan holda, qadimgi jamoalarning turmush tarzini va oziqlanish odatlarini aniqlashga yordam beradi. Tish kasalliklarining tarqalishi, ayniqsa kariyes, ozuqa manbalari, gigiyena va hayot tarziga taʼsir etadigan ijtimoiy va ekologik omillarni aks ettiradi. Tadqiqotda, kariyesning Soʻngak va Toshbuloq jamoalarida farqlanishi kuzatilgan: Toshbuloqda kariyes darajasi ancha yuqori boʻlsa, Soʻngakda bu koʻrsatkich pastroqdir. Shuningdek, jinslar oʻrtasida farq mavjud: ayollarda erkaklarga nisbatan koʻproq kariyes aniqlangan.Maqola, tish kasalliklari yordamida qadimgi jamiyatlarning ijtimoiy va xoʻjalik tuzilmalari haqidagi ilmiy taxminlarni aniqlashtirishga katta hissa qoʻshadi. Kariyesning tarqalishi, asosan, qishloq xoʻjaligi va chorvachilik faoliyatlariga, shuningdek, ozuqaviy odatlarning oʻzgarishiga bogʻliq ekanligi koʻrsatilgan. Soʻngak va Toshbuloq yodgorliklarida amalga oshirilgan paleopatologik tadqiqotlar, ayniqsa, kariyes kasalliklarini tahlil qilish orqali qadimgi aholi xoʻjalik faoliyati haqida qimmatli maʼlumotlar beradi. Bu oʻrinda Soʻngak aholisida chorvachilik va koʻchmanchi hayot tarzi asosiy oʻrinda turgan boʻlsa, Toshbuloq qadim aholisi oʻtroqlashish jarayonlarini boshdan kechirayotgan boʻlishi mumkin.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon