Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

TOVARLARNING SIFAT VA MIQDORIY TARKIBINI FIZIK-KIMYOVIY USLUBLARDA TADQIQ QILISHDA NATIJALARNING ISHONCHLILIGINI TAʼMINLASH

ABI

Аннотация

Bojxona ekspertizasi yoki ilmiy maqsadlarida tadqiqotlar amalga oshirishda natijalarning haqiqiyligini taʼminlash muhim ahamiyatga ega. Shu sababli tadqiqotlar natijalarining haqiqiyligini taʼminlovchi omillar belgilab chiqildi. Bunda tadqiqot keng ishlatiladigan tadqiqotlarda ishlatilgan xromatomass spektrometri, infraqizil spektrofotometri, mass spektrometr detektorli yuqori samarali suyuqlik xromatografi, mass spektrometri, sinov mashinasi kabi uskunalarining toʻgʻri ishlayotganligini kafolatlovchi dasturlar ishlab chiqilib, tegishli organlarda roʻyxatga oʻtkazildi. Shuningdek, tadqiqot maqsadlari uchun namunalar yoki sinamalarning toʻgʻri olinishi ham tadqiqotlar natijalarining haqiqiyligini taʼminlovchi omil boʻlganligi sababli namuna yoki sinamalar olish tartibi ishlab chiqilib tasdiqlandi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар